Янгиликлар
13
Kichik tadbirkorlik subyektlariga kimlar kiradi?
Kichik tadbirkorlik subyektlariga kimlar kiradi?
✅ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga asosan quyidagilar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- shlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 20 kishi, xizmat koʻrsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa tarmoqlardagi xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 5 kishi boʻlgan mikrofirmalar;
- quyidagi tarmoqlardagi kichik korxonalar:
- yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 200 kishi;
- metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 100 kishi;
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 50 kishi;
- fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa sohalardagi xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 25 kishi.
Nurafshon shahar YXKM
Markaz boshligʻI F.Nazarov