Янгиликлар
Texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar beriladimi?
Texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar beriladimi?
✅ Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishi qayd etilgan.
✅ “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxati” 2013-yil 20-martda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2436-soni bilan roʻyxatga olingan idoralararo qarori bilan tasdiqlangan.
Nurafshon shahar YXKM
Markaz boshligʻI F.Nazarov