Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

HAR YILGI ASOSIY UZAYTIRILGAN TA’TIL NAZARDA TUTILGAN XODIMLARGA HAM QO‘SHIMCHA TA’TILLARNI BERISH MUMKINMI?


HAR YILGI ASOSIY UZAYTIRILGAN TA’TIL NAZARDA TUTILGAN XODIMLARGA HAM QO‘SHIMCHA TA’TILLARNI BERISH MUMKINMI?

MK 218-moddasiga ko‘ra, ayrim toifadagi xodimlar uchun har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar nazarda tutilgan.

1-misol: I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga — 30 kalendar kun har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til nazarda tutilgan. II guruh nogironligi bo‘lgan xodim tashkilotda 20 yildan beri ishlab kelmoqda. U Chernobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etish ishtirokchisi, nurlanish kasalligiga chalingan. Tashkilot jamoa shartnomasida xodimlar uchun 4 kalendar kun qo‘shimcha ta’til ko‘rsatilgan. Demak, bu xodimga 30 (har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til) + 8 (MK 220-moddasidagi ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til) + 4 (jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha ta’til) +14 (06.04.1992 yildagi 170-son qaror bo‘yicha qo‘shimcha ta’til) = jami 56 kalendar kun. Demak, ko‘rib chiqilayotgan misolimizda xodimga hammasi bo‘lib 56 kalendar kun davomiyligida ta’til berilishi kerak.

2-misol: Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 iyundagi 263-son qaroriga ilova “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar uchun 56 kalendar kun har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til nazarda tutilgan. O‘qituvchi maktabda 20 yildan beri dars berib keladi. Lekin biz bu xodimga 56 + 8 = 64 kalendar kun ta’til bera olmaymiz. Chunki, MK 222-moddasi 2-qismiga ko‘ra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

222-moddaning 2-qismida nazarda tutilgan cheklov qonunchilikda nazarda tutilmagan, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ish beruvchining kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilingan ichki hujjatlarida yoxud mehnat shartnomasida belgilangan mehnat ta’tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

MK 219-moddasida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.

 

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva