Янгиликлар
Ta’tillarning qanday turlari mavjud?
Ta’tillarning qanday turlari mavjud?
Mehnat kodeksi (keyingi o‘rinlarda - MK) 213-moddasiga ko‘ra, ushbu Kodeksda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun ta’tillarning quyidagi 4ta turi nazarda tutilgan:
har yilgi mehnat ta’tili;
ijtimoiy ta’tillar;
ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;
ish haqi saqlanmaydigan ta’til.
MK 216-moddasi 3-qismiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:
asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Sh.Roʻzieva