Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha ta’tillar.


Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha ta’tillar.

MK 481-moddasiga ko‘ra, noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlar yillik qo‘shimcha ta’til olish huquqiga ega.

Qo‘shimcha ta’til olish huquqini beradigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning davomiyligi, ularni berish tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.

Noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga beriladigan yillik qo‘shimcha ta’tilning eng qisqa davomiyligi, shuningdek noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qo‘shimcha ta’tillarni berish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentyabrdagi 263-son qaroriga 1-ilova “Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (https://lex.uz/docs/2463973) mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish hamda ulardan foydalanish, shuningdek attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Ushbu Nizom barcha ish beruvchilar — korxonalar, muassasalar, tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Nizomning 8-bandiga ko‘ra, attestatsiyani o‘tkazish davriyligini korxonaning o‘zi belgilaydi, biroq u har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Nizomning 45-bandiga ko‘ra, bunda noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun har yilgi qo‘shimcha ta’tilning qancha davom etishi va ishning alohida xususiyati ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi. Xodimlarning ayrim toifalari uchun qo‘shimcha ta’til 33 kungacha belgilanishi mumkin.

Nizomga 3-ilovada mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlarda band bo‘lganlik uchun yillik qo‘shimcha ta’tillarning davomiyligi belgilangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori (https://lex.uz/docs/517034) 2-bandiga ko‘ra, ishning alohida tusiga ega bo‘lgan, o‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddati 12 ish kuni etib belgilangan.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva