Янгиликлар
MK 401-MODDASIDA NAZARDA TUTILGAN TA’TIL QO‘ShIMChA TA’TILMI YoKI IJTIMOIY TA’TILMI?
MK 401-MODDASIDA NAZARDA TUTILGAN TA’TIL QO‘ShIMChA TA’TILMI YoKI IJTIMOIY TA’TILMI?
MK 401-moddasiga ko‘ra, 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. E’tibor bering, moddaning nomida ham 1-qismda ham qo‘shimcha ta’til deyilmoqda. Lekin MK 237-moddasi 6-qismida ushbu ta’til ijtimoiy ta’tillar toifasiga kiritilgan.
Huddi shunday holatni MK 405-moddasi 2-qismida ham ko‘rishimiz mumkin. Unga ko‘ra, ayolga uning xohishiga ko‘ra, bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi. Lekin MK 237-moddasi 1-qismida ushbu ta’til ijtimoiy ta’tillar toifasiga kiritilgan.
Ushbu ta’tillar gibrid shakldagi ya’ni ham qo‘shimcha, ham ijtimoiy ta’tillar toifasiga mansub bo‘lib qolgan.
8. MK 502-moddasi 2-3-qismlariga ko‘ra, ayrim toifadagi tibbiyot xodimlari yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili olish huquqiga ega. Tibbiyot xodimlari ish vaqtining va yillik qo‘shimcha mehnat ta’tilining davomiyligi, shuningdek ularning mehnatiga haq to‘lash razryadlari hamda tarif stavkasiga (maoshga) qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashni tartibga soladi. Lekin hozircha qo‘shimcha mehnat ta’tilining davomiyligini belgilovchi qaror qabul qilingani yo‘q.
9. MK 503-moddasi 6-qismiga ko‘ra, sportchilarga yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi, uning davomiyligi jamoa shartnomalarida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomalarida belgilanadi, lekin u 4 kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.
10. Qonunchilikda nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan tashqari xodimlar uchun jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida ham har yilgi qo‘shimcha ta’tillar nazarda tutilishi mumkin.
MK 13-moddasiga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.
Shuningdek, MK 67-moddasiga ko‘ra, tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, jamoa shartnomasida boshqa shartlar, shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar hamda qoidalarga nisbatan imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar, masalan, qo‘shimcha ta’tillar nazarda tutilishi mumkin.
11. Diqqat! Yuqorida tahlil qilganlarimizdan tashqari, boshqa qonunchilik hujjatlarida ham qo‘shimcha ta’tillar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev