Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

QO‘SHIMCHA TA’TILLARNI PULLI KOMPENSATSIYA BILAN ALMASHTIRISH MUMKINMI?


QO‘SHIMCHA TA’TILLARNI PULLI KOMPENSATSIYA BILAN ALMASHTIRISH MUMKINMI?

MK 234-moddasi 3-qismiga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta’tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ya’ni yuqorida tahlil qilganimiz 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi, ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirib bo‘lmaydi.

MK 220-moddasida, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha ta’tillarni esa ish beruvchi bilan kelishib pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkin.

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev