Янгиликлар
MAKTABDA NAVBATCHILIKDA TURISHI ShARTMI?
MAKTABDA NAVBATCHILIKDA TURISHI ShARTMI?
O‘qituvchilarga navbatchilik qildish majburiyatini yuklashning o‘zi noto‘g‘ri. Chunki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 16 oktabrdagi 334-sonli buyrug‘iga 43-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan o‘qituvchining lavozim majburiyatlari ichida bunday majburiyat yo‘q.
Demak, bu holatda ish beruvchi xodimga bu majburiyatni yuklashi huquqiy jihatdan asosga ega emas.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Sh.Roʻzieva