Янгиликлар
MEHNAT KODEKSI KODEKS 115-MODDASIGA KO‘RA ISH BERUVCHI XODIMDAN QUYIDAGILARNI TALAB QILISHGA HAQLI EMAS:
MEHNAT KODEKSI KODEKS 115-MODDASIGA KO‘RA ISH BERUVCHI XODIMDAN QUYIDAGILARNI TALAB QILISHGA HAQLI EMAS:
Agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishni bajarishni;
qonunga xilof bo‘lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, ularning sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ish beruvchi o‘qituvchilarga ularning mehnat vazifangizdan boshqa ishni buyurishi qonunan ta’qiqlanadi.
Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasi bilan (ya’ni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shunga ko‘ra maktabda o‘qituvchilar o‘rtasida navbatchilikni shakllantirish noqonuniy hisoblanadi.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Sh.Roʻzieva