Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

QISQARISHGA TUSHGAN PSIXOLOGLAR ISHDAN BO‘SHATILGANDA, BOSHQA ISH BILAN TA’MINLANISHI KERAKMI?


QISQARISHGA TUSHGAN PSIXOLOGLAR ISHDAN BO‘SHATILGANDA, BOSHQA ISH BILAN TA’MINLANISHI KERAKMI?

Qisqarish sababli xodimni ishdan bo‘shatishdan oldin unga ish taklif qilish lozim.

Mehnat kodeksining 144-moddasiga ko‘ra  mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.

Shunga ko‘ra sizdagi holatda ham xodimga boshqa ish taklif qilish shart. Bunda ish beruvchi psixolog shtatidagi xodimga boshqa ish taklif qiladi.

Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi sanaladi. Bunda ushbu kodeks 46-moddasiga asosan tashkilot rahbari Ish beruvchining vakilligi hisoblanadi.

Psixolog shtati lavozim nomenklaturasi tuman MMTBda turadi. Shu sababli, sizdagi holatda MMTB mudiri psixolog uchun boshqa ish taklif qilishi kerak.

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva