Янгиликлар
28
To‘lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi
To‘lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi
Doimiy rentani to‘lovchi uni sotib olish yo‘li bilan bundan buyon renta to‘lashdan bosh tortishga haqli. Agar renta to‘lovchi renta to‘lashdan bu tarzda bosh tortishini renta to‘lashni to‘xtatishidan kamida uch oy yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham avvalroq yozma ravishda ma’lum qilgan bo‘lsa, bunday bosh tortish haqiqiy hisoblanadi. Bunda renta to‘lash majburiyati, agar shartnomada sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, renta oluvchi sotib olish summasining hammasini olib bo‘lgunga qadar to‘xtatilmaydi.
Shartnomaning doimiy renta to‘lovchi uni sotib olish huquqidan voz kechishi to‘g‘risidagi sharti o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Shartnomada doimiy rentani sotib olish huquqini renta oluvchi hayotligida yoki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘ttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida amalga oshirib bo‘lmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Piskent tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Mavlanov.