Янгиликлар
ISH BERUVCHI TOMONIDAN MEHNAT SHARTNOMASIDA SHART QILIB KO‘RSATILMAGAN ISHNING BAJARILISHINI TALAB QILISH MEHNAT QONUNCHILIGI BILAN TAQIQLANGANLIGINI BILASIZMI?
ISH BERUVCHI TOMONIDAN MEHNAT SHARTNOMASIDA SHART QILIB KO‘RSATILMAGAN ISHNING BAJARILISHINI TALAB QILISH MEHNAT QONUNCHILIGI BILAN TAQIQLANGANLIGINI BILASIZMI?
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 115-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishning bajarilishini talab qilish taqiqlangan.
Jumladan, ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
agar amaldagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishni bajarishni;
qonunga xilof bo‘lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, ularning sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Sh.Roʻzieva