Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

QANDAY HOLLARDA O‘N BESH YOSHGA TO‘LMAGAN SHAXSLAR BILAN MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISHGA YO‘L QO‘YILADI VA UNI TUZISH TARTIBI QANDAY?


QANDAY HOLLARDA O‘N BESH YOSHGA TO‘LMAGAN SHAXSLAR BILAN MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISHGA YO‘L QO‘YILADI VA UNI TUZISH TARTIBI QANDAY?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 118-moddasi uchunchi qismiga muvofiq quydagi holatlar mavjud bo’lgandagina 15 yoshga to’lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzishga yo’l qo’yiladi:

Madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (ko‘rgazmaga qo‘yishda) ishtirok etish uchun o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunday holda xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) imzolaydi. Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva