Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

ISH BERUVCHI SHAXS TOMONIDAN ISHGA QABUL QILINISHI RAD ETILGAN SHAXSNING TALABIGA KO‘RA UNI NIMA SABABDAN ISHGA QABUL QILINMAGANLIK SABABINI TUSHUNTIRIB BERISHIGA MAJBURMI?


ISH BERUVCHI SHAXS TOMONIDAN ISHGA QABUL QILINISHI RAD ETILGAN SHAXSNING TALABIGA KO‘RA UNI NIMA SABABDAN ISHGA QABUL QILINMAGANLIK SABABINI TUSHUNTIRIB BERISHIGA MAJBURMI?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 119-moddasi uchunchi qismiga muvofiq ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart. Yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.

Yuqoridan kelib chiqib aytish mumkinki, ish beruvchi ishga qabul qilinmagan shaxsning talabiga muvofiq ishga qabul qilinmaganlik sababini uch kunlik muddat ichida yozma taqdim qilishi shart.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva