Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

ISH BERUVCHINING MEHNAT SHARTLARINI XODIMNING ROZILIGISIZ O‘ZGARTIRISH HUQUQIGA EGAMI?


ISH BERUVCHINING MEHNAT SHARTLARINI XODIMNING ROZILIGISIZ O‘ZGARTIRISH HUQUQIGA EGAMI?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 137-moddasiga muvofiq ish beruvchi faqatgina quydagi asoslar mavjud bo’lgandagina, ya’ni agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli. Bunda ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev