Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

QANDAY HOLLARDA MEHNAT QONUNCHILIGIGA MUVOFIQ ISH BERUVCHI XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISHI SHART HISOBLANADI?


QANDAY HOLLARDA MEHNAT QONUNCHILIGIGA MUVOFIQ ISH BERUVCHI XODIMNI ISHDAN CHETLASHTIRISHI SHART HISOBLANADI?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 151-moddasiga muvofiq ish beruvchi quydagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:

qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra;

alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida;

mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmaganda;

majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda;

xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganda;

tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra to‘rt oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni o‘tkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin bo‘lmaganda;

xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.

Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, yuqoridagi holatlar kuzatilgan taqdirda xodim ish beruvchi tomonidan ishdan vaqtincha chetlashtirilishi shart hisoblanadi.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev