Янгиликлар
BITIMNING ODDIY YOZMA SHAKLIGA RIOYA QILMASLIK QANDAY OQIBATLAR KELTIRIB CHIQARISHI HAQIDA BILASIZMI?
BITIMNING ODDIY YOZMA SHAKLIGA RIOYA QILMASLIK QANDAY OQIBATLAR KELTIRIB CHIQARISHI HAQIDA BILASIZMI?
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 109-moddasiga muvofiq bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi, lekin taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.
Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev