Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

BITIMNING NOTARIAL SHAKLIGA VA UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TALABIGA RIOYA QILMASLIKNING OQIBATLARI HAQIDA XABARDORMISIZ?


BITIMNING NOTARIAL SHAKLIGA VA UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TALABIGA RIOYA QILMASLIKNING OQIBATLARI HAQIDA XABARDORMISIZ?

Bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. Lekin taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to‘la yoki qisman bajargan bo‘lsa, ikkinchi taraf esa — bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo‘yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi.

Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo‘lib, ammo taraflardan biri uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim sud qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Yuqorida nazarda tutilgan hollarda bitimni notarial tasdiqlash yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan asossiz bosh tortayotgan taraf bitimni tuzish kechiktirilganligi tufayli yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to‘lashi lozim.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev