Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA DA’VO MUDDATI JORIY QILINMAYDIGAN TALABLAR HAQIDA BILASIZMI?


FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA DA’VO MUDDATI JORIY QILINMAYDIGAN TALABLAR HAQIDA BILASIZMI?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 163-moddasiga muvofiq da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar sifatida quydagilar keltirib o’tilgan:

shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

omonatchilarning o‘z omonatlarini berish to‘g‘risida bankka qo‘yadigan talablariga;

fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga. Da’vo muddati o‘tganidan keyin qo‘zg‘atilgan talablar da’vo qo‘zg‘atilishidan oldingi ko‘pi bilan uch yil bo‘yicha qondiriladi;

jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga;

mulkdor o‘z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishi mumkin bo’lgan da’volar (negator da’vo);

mamlakat mustaqilligi e’lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev