Янгиликлар
SUD TOMONIDAN BITIMLAR HAQIQIY EMAS DEB TOPILISHI QANDAY OQIBATLAR KELTIRIB CHIQARISHI HAQIDA BILASIZMI?
SUD TOMONIDAN BITIMLAR HAQIQIY EMAS DEB TOPILISHI QANDAY OQIBATLAR KELTIRIB CHIQARISHI HAQIDA BILASIZMI?
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining Agar bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilsa, haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.
Bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha (shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev