Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

O’ZGANING MULK HUQUQIGA EGALIK QILISH HUQUQINI VUJUDGA KELTIRUVCHI MUDDAT QANDAY ASOSGA KO’RA VA QACHONDAN VUJUDGA KELISHI HAQIDA BILASIZMI?


O’ZGANING MULK HUQUQIGA EGALIK QILISH HUQUQINI VUJUDGA KELTIRUVCHI MUDDAT QANDAY ASOSGA KO’RA VA QACHONDAN VUJUDGA KELISHI HAQIDA BILASIZMI?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 187-moddasiga muvofiq Mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).

Ko‘chmas va boshqa mol-mulkka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan mulk huquqi ushbu mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli olgan shaxsda ana shunday ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Egalik qilish muddatini vaj qilib keltiradigan shaxs o‘zi huquqiy vorisi bo‘lgan shaxsning bu mol-mulkka egalik qilib kelgan barcha vaqtini o‘zining egalik qilish vaqtiga qo‘shishi mumkin.

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev