Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

FUQAROLIK QONUNCHILIGIGA KO’RA OMMAVIY SHARTNOMA NIMA EKANLIGI VA ASOSAN QANDAY FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARDA QO’LLANILISHI HAQIDA XABARDORMISIZ?


FUQAROLIK QONUNCHILIGIGA KO’RA OMMAVIY SHARTNOMA NIMA EKANLIGI VA ASOSAN QANDAY FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARDA QO’LLANILISHI HAQIDA XABARDORMISIZ?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 358-moddasiga muvofiq Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra o‘ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‘lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo‘yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‘rishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonunchilikda iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno.

Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko‘rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev