Янгиликлар
28
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasining shakli va shartlari
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasining shakli va shartlari
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasida boshqa shaxsga beruvchiga qanday moddiy ta’minot turlari berilishi, ularning pul bilan ifodalangan bir oylik bahosi va uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraning qiymati ko‘rsatilishi lozim.
Beriladigan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira va moddiy ta’minot qiymati taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi ushbu Kodeks 110-moddasining qoidalariga rioya etgan holda yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim.
Piskent tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Mavlanov.