Янгиликлар
QANDAY HOLLARDA VAZIYAT JIDDIY O‘ZGARISHI MUNOSABATI BILAN SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH MUMKINLIGINI BILASIZMI?
QANDAY HOLLARDA VAZIYAT JIDDIY O‘ZGARISHI MUNOSABATI BILAN SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH MUMKINLIGINI BILASIZMI?
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 383-moddasiga muvofiq taraflar shartnomani jiddiy o‘zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo‘lsalar, shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi mumkinligi keltirib o’tilgan va quydagi asos bo’lishi mumkin bo’lgan holatlar bayon qilingan:
1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday o‘zgarish yuz bermaydi, deb hisoblagan bo‘lsalar;
2) vaziyatning o‘zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo bo‘lganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va muomala shartlariga ko‘ra o‘zidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan bo‘lishiga qaramay, bu sabablarni yenga olmagan bo‘lsa;
3) shartnomani uning shartlarini o‘zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘lsalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning o‘zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning o‘zgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o‘zgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev