Янгиликлар
OILA KODEKSIGA MUVOFIQ OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA TO‘LAYDIGAN ALIMENT MIQDORI QANCHANI TASHKIL QILISHI VA BOLALARGA UNDIRILADIGAN ALIMENT MIQDORINI ANIQLASH TARTIBI HAQIDA BILASIZMI?
OILA KODEKSIGA MUVOFIQ OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA TO‘LAYDIGAN ALIMENT MIQDORI QANCHANI TASHKIL QILISHI VA BOLALARGA UNDIRILADIGAN ALIMENT MIQDORINI ANIQLASH TARTIBI HAQIDA BILASIZMI?
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 99-moddasiga muvofiq agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Oila Kodeksining 102-modda ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdorini aniqlash tartibi belgilab berilgan bo’lib unga muvofiq ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdori aliment to‘lovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.
Aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo‘lmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmasa, voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev