Янгиликлар
VOYAGA YETGAN, MEHNATGA LAYOQATLI BOLALARNING YORDAMGA MUHTOJ OTA-ONASIGA TA’MINOT BERISH MAJBURIYMI?
VOYAGA YETGAN, MEHNATGA LAYOQATLI BOLALARNING YORDAMGA MUHTOJ OTA-ONASIGA TA’MINOT BERISH MAJBURIYMI?
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 109-moddasiga muvofiq voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog‘ida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Agar ushbu kodeksining 113-moddasiga muvofiq sud ota-onaning ota-onalik majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin.
Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, voyaga yetgan farzandlar o’z ota-onalariga g’amxo’rlik qilishga majbur hisoblanadi.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev