Янгиликлар
KANSTITUTSIYADA BELGILANGAN O’Z FUQAROLIK BURCHLARINGIZ HAQIDA XABARDORMISIZ?
KANSTITUTSIYADA BELGILANGAN O’Z FUQAROLIK BURCHLARINGIZ HAQIDA XABARDORMISIZ?
Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bobida bir qator fuqarolarning burchlari belgilab berilgan. Bular quydagilar:
1. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
2. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.
3. Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
4. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
5. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.
6. Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
7. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev