Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

SUG‘URTA SHARTNOMASINING MUHIM SHARTLARI HAQIDA MA’LUMOTGA EGAMISIZ?


SUG‘URTA SHARTNOMASINING MUHIM SHARTLARI HAQIDA MA’LUMOTGA EGAMISIZ?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 929-moddasiga muvofiq mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:

sug‘urta obyekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to‘g‘risida;

yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;

sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;

sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida, agar shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa;

sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;

shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.

Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:

sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida;

sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;

sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;

sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;

shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.

Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan fuqaroning ahvolini qonunchilikda belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonunchilikning tegishli qoidalari qo‘llaniladi.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev