Янгиликлар
SUG‘URTA TOVONI YOKI SUG‘URTA PULINI TO‘LASHNI RAD ETISH QAYSI ASOSLARGA KO’RA AMALGA OSHIRILISHI MUMKIN?
SUG‘URTA TOVONI YOKI SUG‘URTA PULINI TO‘LASHNI RAD ETISH QAYSI ASOSLARGA KO’RA AMALGA OSHIRILISHI MUMKIN?
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 955-moddasiga muvofiq sug‘urtalovchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sug‘urta tovonini yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lashni quyidagi hollarda rad etishga haqli, chunonchi:
sug‘urta shartnomasining amal qilishi sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar, bekor qilinganda;
sug‘urta shartnomasi qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaganda;
sug‘urtalovchi qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta tovonini yoki sug‘urta puli to‘lashdan ozod qilinganda;
sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida yoxud sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi holatlarini tekshirib ko‘rishga yoki yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga to‘sqinlik qilgani tufayli sug‘urta shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atganida.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ular sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni so‘rab murojaat etganlaridan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etishiga qarshi unga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan e’tiroz bildirilishi mumkin.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev