Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

KORXONANI SOTISHDA KREDITORLARNING QANDAY HUQUQLARI BORLIGI HAQIDA BILASIZMI?


KORXONANI SOTISHDA KREDITORLARNING QANDAY HUQUQLARI BORLIGI HAQIDA BILASIZMI?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 492-moddasiga muvofiq sotiladigan korxona tarkibiga kiritilgan majburiyatlar bo‘yicha kreditorlar korxona sotib oluvchiga topshirilgunga qadar sotuvchi tomonidan uning sotilishi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinishlari lozim.

Qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishiga roziligini sotuvchiga yozma ravishda bildirmagan kreditor korxona sotilishi to‘g‘risida bildirish xati olgan kundan boshlab uch oy mobaynida yo majburiyatni bajarishni to‘xtatishni yoki muddatidan oldin bajarishni va sotuvchi tomonidan zarar qoplanishini, yo bo‘lmasa korxonani sotish shartnomasini butunlay yoxud uning tegishli qismini haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqiga ega.

Korxona sotib oluvchiga topshirilganidan so‘ng sotuvchi va sotib oluvchi topshirilgan korxona tarkibiga kiritilgan, sotib oluvchiga kreditorning roziligisiz o‘tkazilgan qarzlar bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev