Янгиликлар
LIZING SHARTNOMASI NIMA UNING OBYEKTLARI VA SUBYEKTLARI KIMLARDAN IBORAT BO’LADI?
LIZING SHARTNOMASI NIMA UNING OBYEKTLARI VA SUBYEKTLARI KIMLARDAN IBORAT BO’LADI?
Amaldagi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi. Ushbu shartnomaning obyekti esa iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing obyekti bo‘lishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari bundan mustasno. Lizing shartnomasining subyektlariga to’xtaib o’tadigan bo’lsak, kelajakda lizing oluvchiga lizing bo‘yicha topshirish maqsadida mol-mulkni o‘ziga mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi.
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing obyektini oladigan shaxs lizing oluvchi deb hisoblanadi.
Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi.
Lizing beruvchi mol-mulkni bo‘lajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni sotuvchiga lizing bo‘yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablag‘ bilan ta’minlagan taqdirda bir shaxsning o‘zi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev