Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

LIZING SHARTNOAMSI BO’YICHA SOTUVCHINING JAVOBGARLIGI QANDAY EKANLIGINI BILASIZMI?


LIZING SHARTNOAMSI BO’YICHA SOTUVCHINING JAVOBGARLIGI QANDAY EKANLIGINI BILASIZMI?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 598-moddasiga muvofiq lizing oluvchi lizing shartnomasining narsasi bo‘lgan mol-mulkni sotuvchiga sotuvchi bilan lizing beruvchi o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni, xususan mol-mulkning sifati va butligi, uni yetkazib berish muddatlari haqidagi talablarni va shartnoma sotuvchi tomonidan zarur darajada bajarilmayotgan boshqa hollardan kelib chiqadigan talablarni qo‘yishga haqli. Bunda lizing oluvchi, mazkur mol-mulkning oldi-sotdi shartnomasidagi taraflardan biri bo‘lgani kabi, ushbu Kodeksda sotib oluvchi uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi (sotib olingan mol-mulk haqini to‘lash majburiyati bundan mustasno). Biroq lizing oluvchi sotuvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini lizing beruvchining roziligisiz bekor qila olmaydi.

Sotuvchi bilan bo‘ladigan munosabatlarda lizing oluvchi va lizing beruvchi solidar kreditorlar bo‘ladilar.

Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing beruvchi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarning sotuvchi tomonidan bajarilishi uchun lizing oluvchi oldida javobgar bo‘lmaydi, sotuvchi tanlash bo‘yicha javobgarlik lizing beruvchining zimmasida bo‘lgan hollar bundan mustasno. Sotuvchini lizing beruvchi tanlagan taqdirda, lizing oluvchi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni o‘z xohishiga qarab, solidar javobgar bo‘lgan mol-mulk sotuvchi oldiga ham, lizing beruvchi oldiga ham qo‘yishga haqli.

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev