Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

MEROSDAN MAJBURIY ULUSH OLISH HUQUQIGA KIMLAR EGA EKANLIGI HAQIDA BILASIZMI?


MEROSDAN MAJBURIY ULUSH OLISH HUQUQIGA KIMLAR EGA EKANLIGI HAQIDA BILASIZMI?

Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1142-moddasiga muvofiq meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat’i nazar, qonun bo‘yicha voris bo‘lganlarida ulardan har biriga tegishi lozim bo‘lgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.

Majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘r biron-bir asos bo‘yicha merosdan oladigan hamma narsa, shu jumladan oddiy uy jihozlari va ro‘zg‘or buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymati ham, bunday merosxo‘r foydasiga qilingan vasiyat majburiyatining qiymati ham majburiy ulushga qo‘shiladi.

Merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘r uchun vasiyatnomada belgilangan har qanday cheklashlar va shartlar unga tegadigan merosning majburiy ulushdan ortiqcha qismiga nisbatangina haqiqiydir.

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev