Янгиликлар
FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA SUD BUYRUG‘INI BERISHGA DOIR TALABLAR QAYSILAR VA QAYSI HOLLARDA FUQAROLIK SUDLARIDA SUD BUYRUG’INI BERISH RAD ETILADI?
FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISHDA SUD BUYRUG‘INI BERISHGA DOIR TALABLAR QAYSILAR VA QAYSI HOLLARDA FUQAROLIK SUDLARIDA SUD BUYRUG’INI BERISH RAD ETILADI?
Amaldagi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga ko’ra sud buyrug‘i sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi, agar:
1) soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;
2) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan bo‘lsa;
3) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;
4) talab to‘lanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qo‘yilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan bo‘lsa;
5) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa.
Sudya quyidagi hollarda sud buyrug‘ini berishni rad etadi, agar:
1) qarzdor bildirilgan talabga qarshi e’tiroz taqdim qilgan bo‘lsa;
2) huquq to‘g‘risidagi mavjud nizo taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb hisoblansa.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish o‘sha talabni da’vo tartibida taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti U.Bo’riyev