Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yer uchun haq toʻlash joizmi ?


Yer uchun haq toʻlash joizmi ?

Oʻzbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlanadi.

Oʻz egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq toʻlaydilar. Yer uchun haq har yili toʻlanadigan yer soligʻi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi.

Yer soligʻining stavkalari, uni hisoblash va toʻlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Davlat mulkida boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq byudjetga toʻlaydi. Agar qonunda va ijara shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tartib doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari ijarasiga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi miqdori va toʻlov shakli ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchi oʻrtasida mustaqil ravishda shartnomada belgilanadi. Bunda yer soligʻini toʻlash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasiga yuklatiladi.

 

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                                                       M.M.Payziyev