Янгиликлар
Fuqarolik ishini koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlarga nimalar kiradi?
Fuqarolik ishini koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlarga nimalar kiradi?
Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;
2) joyida koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
3) fuqarolik protsessual kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari;
4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar;
5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar.
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuristkonsulti M.M.Payziyev