Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Vasiylik va homiylikning maqsadi va uni belgilash tartibi


Vasiylik va homiylikning maqsadi va uni belgilash tartibi

 

Vasiylik oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.

Homiylik oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va oʻz majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga koʻra homiylik belgilanishi mumkin.

Vasiylik va homiylikni belgilash tartibi:

Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyga koʻra, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega boʻlmasa, vasiyning yoki homiyning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyga koʻra belgilanadi.

 

 

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                                                       M.M.Payziyev