Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Fuqarolik ishining yakka tartibda va hayʼatda koʻrilishi tartibi


Fuqarolik ishining yakka tartibda va hayʼatda koʻrilishi tartibi

Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi. Sudya ishni yakka tartibda koʻrayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi.

Muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.

Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hayʼatda amalga oshiriladi.

Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrish Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlganda amalga oshiriladi.

Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.

Ishni koʻrish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega boʻladi.

 

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                                                       M.M.Payziyev