Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Fuqarolik ishida ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xuquq va majburiyatlari


Fuqarolik ishida ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xuquq va majburiyatlari

Taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda koʻrilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha boshqa manfaatdor shaxslar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb tan olinadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari:

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, rad etish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir boʻlish va oʻz huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                                                       M.M.Payziyev