Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ota-onaga beriladigan taʼminot miqdori va tartibi


Ota-onaga beriladigan taʼminot miqdori va tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 110-moddasiga asosan-Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar oʻz ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan boʻyin tovlasalar, taʼminot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.

Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni oʻz bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qoʻyganligidan qatʼi nazar, aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olishi lozim.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal boʻlgunga qadar sudya shu nizo boʻyicha vaqtincha toʻlab turilishi lozim boʻlgan summani koʻrsatib, ajrim chiqarishi mumkin.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam boʻlmasligi kerak.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                Payziyev M.M.