Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Bolalarning oiladagi xususiy mulki


Bolalarning oiladagi xususiy mulki

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 93-moddasiga asosan-Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi boʻlish huquqiga egadirlar.

Voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning tadbirkorlik faoliyatiga qoʻshgan mablagʻi va undan orttirgan daromadi, agar bola bilan ota-ona yoki oilaning boshqa aʼzolari oʻrtasida boshqacha tartibni belgilovchi shartnoma boʻlmasa, voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, oʻquv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboyev