Янгиликлар
Bolalarni tarbiyalash bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish
Bolalarni tarbiyalash bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 89-moddasiga asosan-Bolalarni tarbiyalash bilan bogʻliq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.
Agar ota-ona (bolani oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxs) sudning hal qiluv qarori ijro etilishiga toʻsqinlik qilsa, unga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.
Bolani olish va uni boshqa shaxs (shaxslar)ga berish bilan bogʻliq sudning hal qiluv qarorlarini majburiy tartibda ijro etish albatta vasiylik va homiylik organining hamda bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs ishtirokida, zarur hollarda esa, ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Sudning bolani olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini bolaning manfaatlariga zarar yetkazilmagan tarzda ijro etishning imkoni boʻlmaganda, bola sudning ajrimiga koʻra tarbiyalash muassasasiga, davolash muassasasiga, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasiga yoki shunga oʻxshash boshqa muassasaga vaqtincha joylashtirilishi mumkin.
Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboyev