Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Bolaning hayoti yoki sogʻligʻi bevosita xavf ostida qolganda bolani olish


Bolaning hayoti yoki sogʻligʻi bevosita xavf ostida qolganda bolani olish

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 87-moddasiga asosan-Bolaning hayoti va sogʻligʻi bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.

Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi bolani olish toʻgʻrisida hujjat qabul qilganidan keyin yetti kun ichida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat etishi shart.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboyev