Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ota-onalik huquqini cheklash oqibatlari


Ota-onalik huquqini cheklash oqibatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 84-moddasiga asosan-Ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bolani shaxsan tarbiyalash huquqidan, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqidan mahrum boʻladi.

Ota-onalik huquqining cheklanishi ota-onani bolaga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Ota-onasi (ulardan biri)ning oʻziga nisbatan ota-onalik huquqi cheklangan bola turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota-ona va boshqa qarindoshlari bilan tugʻishganlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlarini, shu jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi.

Ota-ona ikkalasining ota-onalik huquqi cheklangan taqdirda bola vasiylik va homiylik organi qaramogʻiga olib beriladi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboyev