Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ota-onalik huquqini tiklash


Ota-onalik huquqini tiklash

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 82-moddasiga asosan-Ota-ona (ulardan biri) oʻz xulq-atvorini, turmush tarzini va (yoki) bola tarbiyasiga boʻlgan munosabatini oʻzgartirgan hollarda ota-onalik huquqi tiklanishi mumkin.

Ota-onalik huquqini tiklash ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) daʼvosiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi ishlar vasiylik va homiylik organining, shuningdek prokurorning ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvosi bilan birga bolani ota-onaga (ulardan biriga) qaytarish toʻgʻrisidagi talabi ham koʻrib chiqilishi mumkin.

Agar ota-onalik huquqining tiklanishi bola manfaatlariga zid boʻlsa, sud bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvosini qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.

Oʻn yoshga toʻlgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishiga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Bola farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan boʻlsa, ota-onalik huquqini tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboyev