Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish oqibatlari


Ota-onalik huquqidan mahrum qilish oqibatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasiga asosan-Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa, shu bolaga nisbatan boʻlgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan undan taʼminot olish, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan mahrum boʻladi.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) bundan keyin bola bilan birgalikda yashash-yashamaslik masalasi sud tomonidan uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.

Ota-onasi (ulardan biri) oʻziga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bola, agar u farzandlikka olingan boʻlmasa, turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota (ona)si va boshqa qon-qarindoshlari bilan tugʻishganlik faktiga asoslangan barcha mulkiy huquqlarini, jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi.

Bolani ota yoki onasiga berishning imkoniyati boʻlmagan yoki ota-onaning har ikkalasi ham ota-onalik huquqidan mahrum qilingan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga olib beriladi.

Ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda bolani farzandlikka olishga ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori chiqarilgan kundan keyin kamida olti oy oʻtgach yoʻl qoʻyiladi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboyev