Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishi


Boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishi

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 76-moddasiga asosan-Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan koʻrishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va taʼlim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.

Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan koʻrishishiga, agar bunday koʻrishish bolaning jismoniy va ruhiy sogʻligʻiga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak.

Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmaganda aybdor ota-onaga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi. Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Boladan alohida yashayotgan ota (ona) tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga oʻxshash muassasalardan oʻz bolasi toʻgʻrisida axborot olish huquqiga ega. Ota (ona) tomonidan bolaning hayoti va sogʻligʻi uchun xavf-xatar boʻlgandagina, ularga axborot berish rad etilishi mumkin. Axborot berishning rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboyev