Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ota-onaning huquq va majburiyatlari


Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ota-onaning huquq va majburiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74-moddasiga asosan-Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi.

Ota-ona oʻz bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan boʻlgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.

Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona oʻz bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas. Ota-ona va bolalar oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlganda vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlashi shart.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboyev