Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Mobil qurilmaning xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda oʻzgartirish uchun javobgarlik mavjudmi?


Mobil qurilmaning xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda oʻzgartirish uchun javobgarlik mavjudmi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 155-prim-3- moddasiga asosan Mobil qurilmaning xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz oʻzgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish, —

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz oʻzgartirish yoki uning nusxasini yaratish, —

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                Payziyev M.M.