Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzishuchun javobgarlik mavjudmi?


Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzishuchun javobgarlik mavjudmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 155-prim-1-moddasiga asosan Kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati boʻlgan shaxsning ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzishi kompyuter axborotining yoʻq qilib yuborilishiga, toʻsib qoʻyilishiga, modifikatsiyalashtirilishiga, kompyuter uskunasi ishlashining buzilishiga sabab boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik oʻta muhim axborot mavjud boʻlgan kompyuter tizimidan foydalanish vaqtida sodir etilsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Parkent tumani adliya boʻlimi YUXKM

bosh yuristkonsulti                Payziyev M.M.